Maxfiylik siyosati

Ushbu sahifa Sug‘urtam.uz orqali xizmat ko‘rsatishda ishlatiladigan ma‘lumotlar va ular bo‘yicha murojaat qilish tartibini tushuntiradi.

Qanday ma‘lumotlar ishlatiladi?

Hisobga kirish va murojaatlar uchun ism, telefon va xabar matni ishlatiladi. Sug‘urtani rasmiylashtirishda avtoraqam, texnik pasport, avtomobil, pasport, tug‘ilgan sana, JSHSHIR hamda sug‘urta jarayoni talab qiladigan boshqa ma‘lumotlar so‘ralishi mumkin. Tizimda polis, to‘lov tasdig‘i va keshbek yozuvlari saqlanadi.

Nima maqsadda?

Ma‘lumotlar hisobga kirishni tasdiqlash, murojaatga javob berish, avtomobil va shaxs ma‘lumotlarini tekshirish, polisni rasmiylashtirish, to‘lov holati va keshbekni hisobga olish uchun ishlatiladi. Texnik so‘rov ma‘lumotlari, jumladan IP manzili, so‘rovlarni cheklash va tizim xavfsizligi uchun qayta ishlanishi mumkin.

Ma‘lumotlar qayerga uzatiladi?

Jarayonga qarab ma‘lumotlar sug‘urtalovchi va ma‘lumot tekshirish xizmatlariga, to‘lov uchun Click yoki Payme xizmatlariga uzatiladi. Murojaat va arizalar operatorlarning CRM tizimida qayd etiladi; ular bilan ishlash uchun sozlangan Telegram guruhi va Google Sheets xizmatiga ham yuborilishi mumkin. 01/10 hudud arizalarida operatorga shaxs va avtomobil hujjatlari bo‘yicha olingan ma‘lumotlar ham taqdim etiladi.

Brauzer va tashqi kontent

Sayt hisobga kirish holati va rasmiylashtirish bosqichlarini saqlash uchun brauzerning mahalliy va sessiya xotirasidan foydalanadi. Video qo‘llanma ochilganda YouTube, shrift va belgilar yuklanganda Google xizmatlariga so‘rov yuboriladi.

Ma‘lumotlaringiz bo‘yicha murojaat

Ma‘lumotlarni aniqlashtirish, tuzatish, saqlash muddati, foydalanish yoki o‘chirish bo‘yicha savollaringizni quyidagi aloqa kanallari orqali yuboring. Murojaatni bajarishdan oldin shaxsingizni tasdiqlash talab qilinishi mumkin. Ochiq xabarlarda tasdiqlash kodi yoki to‘lov kartasi maxfiy ma‘lumotlarini yubormang.

Tashkilot rekvizitlari

Tashkilot
“UNIVERSAL PAYMENT” OK
STIR / OKED
310927651 / 65120
Rahbar
XOJIYEVA NODIRA SHERZOD QIZI
Yuridik manzil
O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahri, Олтинобод МФЙ, Олчазор кучаси, 4-уй. Pochta indeksi: 700000.
Tashkilot bilan aloqa
+998 99 803 93 77 · eldorxojiyev95@gmail.com
Mijozlarga yordam
+998 33 796 22 22 · info@sugurtam.uz