Saytdan foydalanish shartlari
Ushbu sahifa Sug‘urtam.uz xizmatidan foydalanish tartibini tushuntiradi. Sug‘urta qoplamasi, istisnolar va polis shartlari tanlangan sug‘urtalovchining hujjatlarida belgilanadi.
Ma‘lumotlar va hisobga kirish
Rasmiylashtirish uchun aniq va hujjatlarga mos ma‘lumotlarni kiriting. Telefon orqali olingan tasdiqlash kodini hamda hisobga kirish ma‘lumotlarini boshqalarga bermang.
Narx va ariza
Landing sahifadagi kalkulyator taxminiy narxni ko‘rsatadi. Yakuniy narx avtomobil va polis parametrlari tekshirilgandan so‘ng belgilanadi. Ariza qoldirishning o‘zi polis chiqarilganini yoki sug‘urta kuchga kirganini bildirmaydi. 01/10 hududlari uchun operator mijoz bilan bog‘lanadi.
To‘lov va polis
To‘lovdan oldin muddat, haydovchilar, avtomobil ma‘lumotlari, sug‘urtalovchi va yakuniy summani tekshiring. To‘lov tasdig‘i yoki polisni olishda muammo bo‘lsa, operatorga murojaat qiling. Polisdagi ma‘lumotlarni tekshirib, nusxasini saqlang.
Keshbek
5% keshbek ro‘yxatdan o‘tgan mijozning to‘lovi tasdiqlangan polisiga hisoblanadi. Mehmon sifatidagi xarid uchun keshbek hisoblanmaydi. Hisobdagi keshbek va uni yechish amallari shaxsiy kabinetda ko‘rsatiladi.
Shaxsiy ma‘lumotlar
Ma‘lumotlarni qayta ishlash haqida Maxfiylik siyosatida o‘qing. Savollar, tuzatish va yordam so‘rovlari uchun quyidagi aloqa kanallaridan foydalaning.
Tashkilot rekvizitlari
- Tashkilot
- “UNIVERSAL PAYMENT” OK
- STIR / OKED
- 310927651 / 65120
- Rahbar
- XOJIYEVA NODIRA SHERZOD QIZI
- Yuridik manzil
- O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahri, Олтинобод МФЙ, Олчазор кучаси, 4-уй. Pochta indeksi: 700000.
- Tashkilot bilan aloqa
- +998 99 803 93 77 · eldorxojiyev95@gmail.com
- Mijozlarga yordam
- +998 33 796 22 22 · info@sugurtam.uz