Foydalanish yo‘riqnomasi

1. Taxminiy narxni hisoblang

Kalkulyatorga avtoraqam, sug‘urta muddati, haydovchilar cheklovi va transport turini kiriting. Natija taxminiy; yakuniy narx ma‘lumotlar tekshirilgandan keyin aniqlanadi.

2. Hisobingizga kiring

Keshbek olish uchun telefon orqali tizimga kiring va kelgan tasdiqlash kodini kiriting. Tasdiqlash kodini boshqalarga bermang. Mehmon xaridiga keshbek hisoblanmaydi.

3. Ma‘lumotlarni kiriting

Avtoraqam, texnik pasport va so‘ralgan shaxsiy ma‘lumotlarni hujjatlaringizga muvofiq kiriting. Muddat va haydovchilar ro‘yxatini tekshiring.

4. Rasmiylashtirishni yakunlang

01 yoki 10 bilan boshlanadigan raqamlar uchun ariza qabul qilinadi va operator siz bilan bog‘lanadi. Boshqa onlayn rasmiylashtirish jarayonida yakuniy narxni tekshirib, Click yoki Payme orqali to‘lovga o‘ting.

5. Polisni oling

To‘lov va polis tayyorligi tasdiqlangach, mavjud PDF havolasi orqali polisni yuklab oling. To‘lov yechilib, tasdiq ko‘rinmasa, qayta to‘lashdan oldin operator bilan bog‘laning.

Yordam kerakmi?

+998 33 796 22 22 · info@sugurtam.uz. Polisga o‘zgartirish kiritish masalasida sug‘urtalovchiga murojaat qiling.

Tashkilot rekvizitlari

Tashkilot
“UNIVERSAL PAYMENT” OK
STIR / OKED
310927651 / 65120
Rahbar
XOJIYEVA NODIRA SHERZOD QIZI
Yuridik manzil
O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahri, Олтинобод МФЙ, Олчазор кучаси, 4-уй. Pochta indeksi: 700000.
Tashkilot bilan aloqa
+998 99 803 93 77 · eldorxojiyev95@gmail.com
Mijozlarga yordam
+998 33 796 22 22 · info@sugurtam.uz